Chet el bilan hamkorlik....
Xorazm viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi va Viloyat Perinatal Markazi raxbariyatlari tashabbusi bilan bir qator rivojlangan, kasallanish va o'lim ko'rsatkichlari past bo'lgan davlatlar bilan o'zaro ilmiy-amaliy tajriba almashish hamkorligi yo'lga qo'yildi. Bu hamkorlik hozirda Rossiya Federatsiyasining 2 ta, Belorussiya davlatining 1 ta, Hindiston davlatining 1 ta muassasasi bilan ko'p yillik memorandum shartnomasi imzolandi. 2022 yil avgust oyida Rossiya Federatsiyasining akademik Kulakova nomidagi akusherlik va perinatologiya ilmiy markazining o'quv simulyatsion kurslari respublikamiz miqyosidagi akusher-ginekologlar, neonotologlar va anesteziolog-reanimatologlar uchun Xalqaro sertifikatga ega o'quv mashg'ulotlari hamda mahorat darslari o'tkazildi. Bundan tashqari 2022 yil sentyabr oyida markazimizning 2 nafar neonotolog mutaxassislari Belorussiya davlatining minsk shaxar perinatal markazida "ish joiyda " malaka oshirib qaytdilar.
2023 yil aprel oyidan bosqichma bosqich Akademik Voroxobov nomidagi Moskva shaxar Perinatal Markaziga zamonaviy davolash usullaridan foydalanish va amalga tadbiq qilish maqsadida 15 nafar akusher-ginekologlar malaka oshirib qaytishdi.