21май

Urganchda konferensiya: eng zamonaviy bilimlar ona va bola salomatligi muhofazasi uchun

Oʻzbekiston hududlari sogʻliqni saqlash tizimi, xususan, ona va bola salomatligi muhofazasi, isbotlangan tibbiyot asosida eng soʻngi bilimlar va koʻnikmalar darajasida boʻla oladi va boʻlishi kerak. Buni 17 mayda Urganch shahrida boʻlib oʻtgan «Oʻzbekistonda ayollarga ambulator yordam: muammolar va echimlar» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya yana bir bor isbotladi.
Forumning ochilishida uning ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ona va bola salomatligini muhofaza etish Bosh boshqarmasi boshligʻi Feruza Fazilova, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Natalya Nadirxanova, RIOvaBSIATM Xorazm filiali direktori S alomat Matyakubovalar murojaat qildilar. 

Natalya Nadirxanova ma'ruzasida ta'kidlanganidek, zamonaviy standartlar homilador ayollarni davolashda polipragmaziyanii, ya'ni keragidan ortiq dori-darmonlar buyurish, asossiz va keraksiz tashxis va davolashlarni aralashtirishlarni inkor etishni maqsad qilgan. Har safar homilador ayolning shifokor koʻrigiga kelganida akusherlik asorati xavfi omillarini qunt bilan baholash, hamda ushbu xavfni kamaytirish boʻyicha profilaktik tadbirlar oʻtkazish zarur. Joylarda oilaviy shifokorlar, akusher-ginekologlar va patronaj-akusherlar tomonidan mana shularni ertaroq aniqlash va bemorlarni oʻz vaqtida 2-3-darajadagi tugʻruq muassasalariga yuborish ona va bola, hamda mamlakatimizning yangi avlodlari
salomatligi uchun xavfni kamaytirish kafolati boʻlib xizmat qiladi.


Xorazm, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo, Andijon viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi tugʻruq tizimining birlamchi tibbiy-sanitar yordam muassasalarining 180 nafar atrofidagi mutaxassislari
hududiy konferensiya ishtirokchilarini tashkil etdi. Aynan man shu kishilar tugʻruqqacha boʻlgan davrda yordam koʻrsatadi. Tabiiyki, ayol va tugʻilajak norasidaning holati bevosita ularning xizmatlari sifatiga bogʻliq. Shu tufayli konferensiyada navbatdan tashqari ma'ruzalar tinglandi va muhokama etildi. Ushbu ma'ruzalardan koʻzlangan maqsad — hudud shifokorlarini eng yaxshi xorijiy va mamlakatimiz klinik amaliyotlari va homilador ayollarni davolash boʻyicha eng soʻngi xalqaro standartlar bilan tanishtirishdan iboratdir. 
Bunda asosiy e'tibor milliy protokollar tavsiyalariga va homilador ayollarni, jumladan yuqori xavf darajasidagi guruhlaridagi ayollarni davolash standartlariga qaratildi. 

Birinchi marta bunday hududiy konferensiya Oʻzbekistonning viloyatlaridagi tibbiyot xodimlarining qiziqishlarini inobatga olgan holda oʻtgan yili Fargʻonada tashkil etilgan edi. Uni har yili oʻtkazishga qaror qilingan.

Shuni qoʻshimcha qilamizki, Oʻzbekistonning zamonaviy sogʻliqni saqlash tizimida tugʻruqqacha boʻlgan yoki antenetal davolash nafaqat homilador ayollarni konsultativ tibbiy tekshirish, profilaktikadan oʻtkazish va davolashni, shuningdek, ularga bilim berishni ham oʻz ichiga oladi. 

Bugun antenetal davolash xizmatini koʻrsatish tizimiga oilaviy shifokor, akusher-ginekolog, akusher, patronaj tibbiy hamshira (tibbiyot brigadalar) kabi mutaxassislar kiradi. 

Ularning malakasini oshirishga jiddiy e'tibor qaratiladi. Chunki antenetal kuzatuv birlamchi tibbiy-sanitar yordam xizmati tashkilotlari tomonidan homiladorlik davomidagi asoratlarning oldini olish va ayollarga kechiktirib boʻlmaydigan holatlar yuz berganda oʻz vaqtidagi yordamni ta'minlash uchun koʻrsatiladigan tibbiy yordamning muhim tarkibiy qismi sanaladi.