10июн

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
 
QARORI
 
2022 — 2026-YILLARDA ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISHNI KUCHAYTIRISH TO‘G‘RISIDA

 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni bilan reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, perinatal markazlarni zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan jihozlash, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash vazifasi belgilandi.
 
So‘nggi besh yil davomida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni tizimli ravishda muhofaza qilish imkonini yaratdi, natijada onalar va go‘daklar o‘limining kamayishiga erishildi.
 
Shu bilan birga, olis hududlarda tibbiy yordamni maqsadli yo‘naltirish tizimini yuqori darajada tashkil etish, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning samaradorligini oshirish, ambulator yordamni yanada yaxshilash, shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy yordamni rivojlantirish, tibbiy genetika hamda zamonaviy skrining dasturlarini joriy etish talab etilmoqda.
 
Onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, 2022-yil 18-mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
 
1. Quyidagilar 2022 — 2026-yillarda onalar va bolalar salomatligini mustahkamlashning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
 
a) sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida onalar va bolalar o‘rtasida kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va sog‘lomlashtirish dasturlarini amaliyotga joriy etish, shu jumladan:
 
sog‘lom farzand tug‘ilishi, rivojlanishi va tarbiyasi masalalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollikni oshirishni targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish;
 
bolalar, homilador hamda emizikli ayollarni vitamin va minerallar bilan bepul ta’minlash hamda maqsadli skrining tadbirlari orqali kasalliklarning samarali profilaktikasini olib borish;
 
b) 2022 — 2026-yillarda onalar va bolalar uchun tibbiy xizmat ko‘rsatiladigan obyektlarni rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
 
v) diagnostika va davolashning yuqori texnologiyali hamda innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish hamda soha xodimlarining ilmiy salohiyatini muntazam oshirib borish.
 
2. 2022 — 2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
 
3. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:
 
quyidagilarni:
 
Nukus shahrida “Bolalar tibbiyot klasteri”;
 
yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi;
 
2022-yil 1-maydan boshlab tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, Toshkent shahri oilaviy poliklinikalarida bolalar bo‘limi;
 
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida amaldagi shtat birliklari doirasida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlari hamda kechayu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatuvchi pediatriya postlari;
 
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bolalarda irsiy-genetik, shu jumladan orfan kasalliklarga barvaqt tashxis qo‘yish bo‘yicha Referens laboratoriya va hududlarda uning 17 ta mintaqaviy laboratoriyalarini tashkil etish;
 
Respublika perinatal markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida 2022-2023-yillarda jami 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
 
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlashga qaratilgan audioskrining tadbirlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va hududlardagi barcha tug‘uruq komplekslarida tatbiq etish;
 
audioskrining tadbirlari natijalarini tahlil qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan elektron kuzatuv (treking) markazlarini jihozlash.
 
Belgilansinki:
 
a) Nukus shahridagi “Bolalar tibbiyot klasteri” Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi binosini yangidan qurish orqali tashkil etiladi.
 
Bunda:
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasi va Bolalar stomatologiya poliklinikasi “Bolalar tibbiyot klasteri” tarkibiga kiritilib, yagona boshqaruv yo‘lga qo‘yiladi;
 
“Bolalar tibbiyot klasteri” binosi 2023-yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi;
 
b) 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda 6 o‘rindan kam bo‘lmagan chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi qo‘shimcha shtat birliklari ajratish hisobidan tashkil etiladi;
 
v) tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, shuningdek, Toshkent shahar oilaviy poliklinikalarida tashkil etiladigan bolalar bo‘limi mavjud shtat birliklari doirasida shakllantiriladi va unda pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha barcha tor soha mutaxassislari, maktab o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish uchun shifokor-pediatrlar, bolalar shifokor-ginekologi, tegishli o‘rta tibbiyot xodimlari, vaksinatsiya xonasi xodimlari, “tibbiyot brigadalari”dagi pediatriya hamshiralari faoliyat yuritadi;
 
g) shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kechayu kunduz faoliyat yuritadigan qo‘shimcha navbatchilik postlari tashkil etiladi.
 
4. Oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan bolalar hamda homilador va tug‘ish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish uchun 2022-yil 1-iyuldan boshlab “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qo‘shimcha 3 600 ta, 2023-yil 1-yanvardan boshlab yana qo‘shimcha 4 900 ta o‘rta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi va doya) shtatlari ajratilsin.
 
5. Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) bilan birgalikda ikki oy muddatda oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tizimiga qo‘shilishi ko‘zda tutilgan yangi shtatlardan kelib chiqib, shtat me’yorlarini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.
 
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ-4513-son qarori bilan tashkil etilgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish kengashi (A.N. Aripov):
 
onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar hamda chora-tadbirlarning bajarilishini doimiy nazorat qilsin;
 
har chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har bir viloyat, tuman (shahar) kesimida ma’lumot taqdim etib borsin.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda “Reproduktiv salomatlik, onalik va bolalik masalalari bo‘yicha” respublika shtabi, 14 ta hududiy shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘ysin.
 
Hududlarda aholi reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat faoliyatini tizimli o‘rganish, tahlil qilish, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda ijrosini nazorat qilish shtabning asosiy vazifalari hisoblansin.
 
7. Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi hududida ilik ko‘chirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish maqsadida 2022-yilda yangi maxsus amaliyot kompleksining binosini qurish va jihozlash uchun Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasidan zarur mablag‘ ajratilsin.
 
2022-yil 1-maydan boshlab Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bemor bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar) uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yilsin.
 
8. Moliya vazirligi ushbu qarorda ko‘zda tutilgan tadbirlarni bajarish uchun har yili Davlat budjetidan zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
 
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev) Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda 2022 — 2025-yillar davomida 227 ta tug‘uruq kompleksi va 46 ta tumanlararo perinatal markazlarni to‘liq ta’mirlash va jihozlash uchun xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablag‘larini jalb qilsin.
 
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
 
11. Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
 
12. Ushbu qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri B.A. Musayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
 
13. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari L.N. To‘ychiyev zimmasiga yuklansin.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
 
Toshkent sh.,
 
2022-yil 25-aprel,
 
PQ-216-son

 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-son qaroriga
1-ILOVA
 
2022 — 2026-yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha
 
CHORA-TADBIRLAR REJASI

 

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Talab etiladigan mablag‘

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

1.

Besh yilga mo‘ljallangan reproduktiv yoshdagi ayollar va bolalarni skrining qilish dasturini ishlab chiqish.
 Bunda, bolalarda tu
ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat tizimini yanada rivojlantirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil avgust

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

2.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida bolalarga manzilli va malakali tibbiy xizmatlar ko‘rsatish. Bunda, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:





Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan bolalar va homilador hamda tug‘ish yoshidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan to‘liq qamrab olish uchun “tibbiyot brigadalari”ga 2022-2023-yillarda qo‘shimcha 8500 ta o‘rta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamshirasi vadoya) shtatlarini ajratish (2022-yilda — 3 600 ta, 2023-yilda — 4 900 ta);

Idoralararo hujjat

2022-yil iyul

251,1 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

bolalar uchun profilaktik ko‘riklar dasturini qayta ko‘rib chiqib, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pediatr, stomatolog, endokrinolog, ortoped kabi eng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli ko‘rikdan o‘tkazish tizimini joriy qilish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2022-yil iyun



3.

Hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining maslahat-tashxislash poliklinikalari faoliyatini bir tomondan birlamchi tizim bilan, ikkinchi tomondan respublika bolalar tibbiyot muassasalari bilan tiimli integratsiyalash.
 Har bir maslahat-tashxislash poliklinikasini qo‘shimcha jihozlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

11,1 mlrd so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari doirasida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

4.

Bolalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash va muhofaza qilishdagi ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan holda, bolalar psixonevrologik xizmatini takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
Bunda, quyidagilarni nazarda tutish:
bolalar nevrologiyasi bo‘yicha tashxislash va davolash standartlarini yangilash va takomillashtirish;
bolalar o‘rtasida nevrologik kasalliklarni prognozlash va davolashning zamonaviy usullarini amaliyotga tatbiq etish;
ilmiy izlanishlarga qaratilgan faoliyatni rag‘batlantirish hamda mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish;
 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini tashxislash va neyroreabilitatsion asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil avgust

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

5.

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida referens laboratoriya va uning 17 ta mintaqaviy referens laboratoriyalarini tashkil etib, respublikada klinik-biokimyoviy laboratoriyalarning sifat nazoratini ta’minlash yuzasidan yagona tizim yaratish.
Bunda:
mintaqaviy referens laboratoriyalarni hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, ko‘p tarmoqli Qo‘qon shahar bolalar shifoxonasi, Buxoro va Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari hamda Toshkent shahridagi Konsultativ-diagnostika markazida tashkil etish;
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidagi referens laboratoriyadabolalarda irsiy-genetik, shu jumladan orfan kasalliklarni erta tashxislashni yo‘lga qo‘yish;
 Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va yetakchi xorijiy markazlarda referens laboratoriya va mintaqaviy referens laboratoriyalar mutaxassislarining malakasini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar

11,3 mln yevro

“KfW” banki (Germaniya) qarz va grant mblag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev)

6.

Yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yilda

31,5 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari



2023-yildan boshlab

47,2 mlrd so‘m

Bunda:




joylarda 46 ta tumanlararo perinatal markazlarning moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish va ehtiyojlarini aniqlash;


2022-yil iyul


tumanlararo perinatal markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi shifokorlar malakasini oshirish.

Reja-jadval asosida



7.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining 46 ta tug‘uruq bo‘limlari negizida tumanlararo perinatal markazlar infratuzilmasini yaxshilash.
Bunda:
uzluksiz markazlashtirilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya (sovuq va issiq suv);
suv rezervuarlari va uni tozalash filtrlari;
avtonom elektr ta’minoti;
 tegishli bo‘linmalarni tunu-kun siqilgan havo va uzluksiz kis
orod bilan ta’minlash tizimi (kompressor) va binodagi havoni tozalash tizimi (laminar oqimlar);
tug‘uruq zallarida, operatsiya xonasida, ona va bolani birgalikda davolash xonalarida haroratni 25 — 29S⁰ oralig‘ida saqlash imkonini beruvchi markaziy isitish tizimi;
 tug‘uruq zallari va reanimatsiya bo‘limlarida tibbiy jihozlar va ish joylari sonini (quvvat yukini) hisobga olgan holda, yetarli miqdorda elektr ta’minoti bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yakuniga qadar

16,7 mlrd so‘m

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

8.

Yangi tashkil etiladigan 46 ta tumanlararo perinatal markazlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kredit mablag‘larini maqbullashtirish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yakuniga qadar

5,2 mln AQSh doll.

Xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kredit mablag‘lari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

9.

227 ta tug‘uruq muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash (jihozlash) uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kredit mablag‘larini jalb qilish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-2024-yillar

100 mln AQSh doll.

Xalqaro moliya tashkilotlarining grant va kredit mablag‘lari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

10.

Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari filiallarini tibbiy texnika bilan qo‘shimcha jihozlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

1,89 mln yevro

“KfW” banki (Germaniya) grant mablag‘lari

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

11.

Respublika perinatal markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar perinatal markazlari va bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida 29 ta shoshilinch perinatal hamda shoshilinch pediatrik mobil navbatchi reanimatsion brigadalarini tashkil etish uchun kechayu kunduz faoliyat yurituvchi navbatchilik postlariga qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil

10,8 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)



2023-yil

16,2 mlrd so‘m

12.

Hududlarda eshitish zaifligi va karlik mavjud bolalarni erta aniqlash va koxlear implantatsiya amaliyoti bilan qamrab olishni kengaytirish.
 Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

Amaliy chora-tadbirlar

2022 — 2024-yillar



Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev)

yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda eshitish nuqsonlarini erta aniqlashga qaratilgan audioskrining tadbirlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari va hududlardagi barcha tug‘uruq komplekslarida tatbiq etish (227 ta skrining audiometr va 15 ta statsionar audiometrlarni xarid qilish);


2022-2023-yillar

24,5 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

audioskrining tadbirlari natijalarini tahlil qilish uchun Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida treking markazlarini zarur anjomlar (kompyuter texnikasi, printer, mobil aloqa vositalari (sim-kartalar) bilan ta’minlash, ularni 227 ta tug‘uruq muassasalaridagi skrining audiometrlari bilan ulash va muntazam ishlashini tashkil qilish.
 
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida va uning 4 ta filiali:


2022-yildan boshlab

Har yili 2 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand viloyati mintaqaviy filiallari;


2022-yil

8 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Andijon, Buxoro viloyatlari mintaqaviy filiallarida koxlear implantatsiya amaliyotini to‘liq yo‘lga qo‘yish, ularni maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlash.


2023-yil

8 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

2014 — 2016-yillarda koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazgan bolalarda nutq protsessorlarini almashtirish dasturini yo‘lga qo‘yish (2022-yilda — 112 nafar, 2023-yilda — 132 nafar, 2024-yilda — 125 nafar).


2022 — 2024-yillar


Har yili koxlear implantatsiyaga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan

13.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari tomonidan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarni chuqurlashtirigan audiologik tekshiruv va tashxislash bilan to‘liq qamrab olish uchun qo‘shimcha 13 ta audiolog (surdolog) shifokorlar shtat birliklarini ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil davomida

0,6 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida audiolog (surdolog) mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash kursini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

(Reja-jadval asosida)

2022 — 2026-yillar

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

14.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlarini xalqaro standartlar asosida o‘qitish orqali ularning homilador ayollar va chaqaloqlarga, shu jumladan kam vazn bilan tug‘ilgan chaqaloqlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

(Reja-jadval asosida)

2022 — 2026-yillar

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

15.

786 ming dona (538,5 mingta bachadon ichi vositasi va 247,5 mingta oral kontratseptiv vositalar) kontratseptiv vositalarni xarid qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2026-yillar

Jami 33 mlrd so‘m

(har yili 8,3 mlrd so‘mdan)

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vaziri

(Ishmetov)

16.

Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi va uning hududiy filiallari uchun yangilangan shtat me’yorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoralararo hujjat

2022-yil sentyabr

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

(Xusanov)

17.

Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining kardiojarrohlik bo‘limi uchun qo‘shimcha bino qurish va uni zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan

Investitsiya dasturi doirasida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(Boboyev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Qurilish vazirligi

(Zakirov),

Samarqand viloyati hokimligi

(Turdimov)

18.

Farg‘ona viloyatida tashkil etilayotgan Bolalar reabilitatsiya markazi tarkibida maxsus jihozlangan kardiojarrohlik reabilitatsiya bo‘limini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari doirasida

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov)

19.

Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar xirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bino-inshootlarini xalqaro talablar va standartlar asosida qurilish ishlarini yakunlash va to‘liq jihozlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil yakunigacha

-

Investitsiya dasturi doirasida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(Boboyev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Qurilish vazirligi

(Zakirov)


 
* Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga ko‘ra obyektlar qiymati o‘zgarishi mumkin.
 

Chora-tadbirlar rejasidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun 1 494,9 mlrd so‘m hamda 105,2 mln AQSh dollari va 13,2 mln yevro talab etiladi, shundan:


mlrd so‘mda

mln dollarda

mln yevroda

Davlat budjeti mablag‘lari

1 467,1

-

-

shundan, mahalliy budjeti mablag‘lari

27,8

-

-

Xalqaro moliya tashkilotlari grant va kredit mablag‘lari

-

105,2

13,2



 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PQ-216-son qaroriga
2-ILOVA
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-iyuldagi “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3137-son qarorining 1-bandida:
 
a) ikkinchi xatboshidagi “O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zmedimpeks” DUK deb yuritiladi)” so‘zlari “O‘zmedimpeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda “O‘zmedimpeks” MChJ deb yuritiladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
 
b) to‘rtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
 
“tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlashtirish faqatgina o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshiriladi;
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha qabul qilingan qarorlari bilan tasdiqlangan Davlat dasturlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish hamda shu maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablag‘laridan o‘z vaqtida, maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, reagentlar, reaktivlar, butlovchi qismlar, sarflov vositalari, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida, davlat xaridlari Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasi asosida “O’zmedimpeks” MChJ tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, “O’zmedimpeks” MChJ uchun Moliya vazirligida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochiladi hamda budjet mablag‘lari oluvchisi sifatida xarajatlar smetasi o‘rnatilgan tartibda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
 
markazlashgan tartibda xarid qilinadigan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnikalar, maxsus tibbiy avtotransport vositalari xaridini amalga oshirish bo‘yicha “O’zmedimpeks” MChJ tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov miqdori Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishgan holda belgilanadi;
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi buyurtmasiga asosan “O’zmedimpeks” MChJ tomonidan import shartnomalari asosida dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnikalar hamda maxsus tibbiy avtotransport vositalarining xaridi “O’zmedimpeks” MChJga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki orqali akkreditiv to‘lov asosida amalga oshiriladi”;
 
v) beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
 
g) to‘qqizinchi xatboshidagi “O‘zmedimpeks” DUKga” so‘zlari “O‘zmedimpeks” MChJga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4890-son qarorida:
 
a) 5-bandda:
 
birinchi xatboshidan “va uning ijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 46 nafar etib belgilansin” so‘zlari chiqarib tashlansin;
 
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
 
“Jamg‘armani saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish hajmi Davlat budjetidan kafolatlangan tibbiy xizmatlarni xarid qilish uchun ajratiladigan mablag‘larning 2 foizi miqdorida belgilansin. Bunda, tibbiy xizmatlarni xarid qilish uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari Jamg‘armaning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va hisobot davri oxirida mablag‘larning qoldig‘i Jamg‘arma ixtiyorida qoldiriladi”;
 
b) 7-bandda:
 
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
 
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
 
v) 8-bandda:
 
“b” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
 
“Bunda, har bir birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasining jon boshiga moliyalashtirish hajmi tasdiqlangan bazaviy stavkalar asosida belgilanishini ko‘zda tutish”;
 
“v” kichik bandda:
 
to‘rtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
 
“Kuzatuv kengashiga o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlar berilsin:
 
Jamg‘armani saqlash uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida Jamg‘arma tarkibiy tuzilmasi, shtat birliklari soni, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish shartlarini belgilash va shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilish”;
 
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
 
g) 3-ilovada:
 
19-banddan “, uning tarkibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
 
30-bandda “ish haqi fondi” so‘zlari “ajratilgan mablag‘lar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
 
d) 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5124-son qarori quyidagi mazmundagi 171-band bilan to‘ldirilsin:
 
“171. Sog‘liqni saqlash vaziriga ushbu qarorga muvofiq sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlari o‘rtasida taqsimlangan vazifalar va funksiyalarni, zarur hollarda qayta taqsimlash huquqi berilsin”.
 
4. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-fevraldagi 31-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining turg‘un davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilova quyidagi mazmundagi 13-band bilan to‘ldirilsin:
 
“13. Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga qarovchi shaxslar (ota-ona va boshqalar)”.

 
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/216/0343-son)